13-iyul, dushanba kuni Telegram messenjeri Xitoy Xalq Respublikasi hududida bloklab qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”. Shuningdek, foydalanuvchilar xizmatning saytiga kirishda ham qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Qayd etilishicha, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining rasmiy nashri — “Jenmin jibao” gazetasida 12-iyul kuni Telegram pul uchun ommaviy noroziliklarni uyushtirishda, shuningdek turli mish-mishlar tarqatishda ayblanib qo‘lga olingan mahalliy yuristlar foydalangan dasturlar qatorida ko‘rsatilgan.
10-iyul kuni messenjer global dDoS hujumga uchragan edi. Telegram saytida chop etilgan xabarga ko‘ra, hujum Sharqiy Osiyodan muvofiqlashtirib turilgan.
Izoh (0)