O‘ta raqobatbardosh bo‘lgan smartfonlar bozori keyingi yillarda sezilarli o‘zgarishlarga duch kelmoqda: Sony va HTC asta-sekin mavqeini boy beryapti, Xitoy kompaniyalari esa tobora kuch yig‘ib, mashhur nomlarni xalqaro bozordan siqib chiqaryapti. Ammo tarmoqdagi daromad olish bilan bog‘liq vaziyat deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda —Apple kompaniyasi smartfonlar bozorining 92% foydasini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Mail.ru” xabar bermoqda.
Canaccord tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yil birinchi choragi holatiga ko‘ra, Apple smartfonlar bozorida 20% mahsulot sotgan bo‘lsa-da, 92% foydaga ega chiqib, sakkizta eng muvaffaqiyatli ishtirokchi orasida yetakchi bo‘lib turibdi (o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 65 foizga teng edi).
Sotilgan mahsulot soni bo‘yicha oldinda ketayotgan Samsung bozorning 15% foydasiga sherik bo‘ldi, xolos.
Izoh (0)