Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9-iyul, payshanba kuni o‘zining qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyevga Aleksandr Nevskiy ordenini topshirdi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Orden Nazarboyevga Yevrosiyo integratsiya jarayonlariga hamda Rossiya-Qozog‘iston hamkorligi rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun berildi.
“Bilasiz, nafaqat men, balki mamlakatimiz ham sizga mehr bilan munosabatda bo‘ladi. Xizmatlaringiz, o‘zining mantiqiy yakuniga yetgan integratsiya jarayonlari masalasidagi tashabbusingiz belgisi sifatida sizni taqdirlash haqida qaror qabul qilindi”, — dedi Putin ordenni topshirayotib.
Izoh (0)