Shotlandiyadagi markaziy trassalardan birida yo‘lovchi ayol yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtomobilning o‘lik haydovchisi yonida uch kun behush yotdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Noma’lum sabablarga ko‘ra, yo‘l politsiyasi avtohalokat guvohlarining telefon qo‘ng‘iroqlarini e’tiborsiz qoldirgan.
Ayolning ahvoli jiddiy. Uning qo‘l-oyoqlari singan, shuningdek, buyraklari ishlamay qolgan.
Politsiyaning beparvoligi bo‘yicha xizmat tergovi olib borilmoqda.
Izoh (0)