Qozog‘iston shimolidagi Pavlodar viloyatida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Soltxan Mendibay Irtish daryosida cho‘milish vaqtida cho‘kayotgan uch ayolni qutqardi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
Hodisa Chyornoretsk qishloq okrugida sodir bo‘lgan. Mahalliy 1-raqamli maktab o‘qituvchisi farzandlari bilan daryo bo‘yida sayr qilib yurib, yordamga chaqiriqni eshitgan va cho‘kayotganlarni qutqargan.
Qayd etilishicha, jami to‘rt kishi cho‘kkan — uch nafar ayol va bir nafar 16 yoshli qiz. Soltxan ularning to‘rtalasini ham suvdan olib chiqqan, biroq ayollardan biri nafas olishdan to‘xtagan bo‘lgan.
Izoh (0)