AQSh Kongressi senatiga Amerika ma’muriyatining KXDRga qarshi sanksiyalar joriy qilish bo‘yicha vakolatini kengaytiruvchi qonun loyihasi kiritildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Qonun loyihasiga keltirilgan izohda aytilishicha, Oq uy KXDR hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi kishilar va tashkilotlar mol-mulki va hisoblarini muzlatib qo‘yish bo‘yicha yanada keng vakolatlarga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ma’muriyat kiberhujumlar uyushtirilishiga javoban erkinroq ravishda sanksiyalar joriy eta oladi.
Izoh (0)