Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepal Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga tashkilot bo‘yicha sheriklar sifatida qo‘shilishini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
U, shuningdek, boshqa mamlakatlar ham ShHT ishida qatnashishga qiziqish bildirayotganini aytdi. Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, birinchi marta tashkilotning yangi a’zolarini qabul qilish tartibi ishga tushirilmoqda.
“Tashkilot tarixida birinchi marta yangi a’zolar — Hindiston va Pokistonni qabul qilib olish marosimi o‘tkazilmoqda. Biz Belarus Respublikasining ShHT ishidagi ishtirokini kuzatuvchi davlat maqomigacha oshirishga kelishib oldik”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Izoh (0)