8-iyul kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Xitoy elchisi Sun Lisze bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik rivoji istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Uchrashuvda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Alisher Vahobov, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori Abdurahim Mannonov va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Shuhrat Qayumov ishtirok etdi.
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Samarqand davlat chet tillari instituti huziridagi Konfutsiy institutlari muhokamasi jarayonida TDShI huzuridagi Konfutsiy intitutida xitoy tili o‘qituvchilari sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, tomonlar Farg‘ona davlat universitetida Xitoy bilan hamkorlikda Ilmiy tadqiqot markazi va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Shinjon davlat qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda Ilmiy-texnik ta’lim markazi ochilishi bo‘yicha kelishib olgan.
Izoh (0)