Rossiyalik milliarder Roman Abramovich o‘z yaxtasi fonida selfiga tushishga urinish chog‘ida yiqilgan yigitga yordam berish uchun ikki nafar ekipaj a’zosini jo‘natdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Hodisa rossiyalik milliarderning shotland orollariga sayohati chog‘ida Arran oroliga tashrif buyurgan vaqtida sodir bo‘lgan. 20 yoshli yigit yaxta fonida o‘zini suratga tushirmoqchi bo‘lgan paytda bolalar maydonchasidagi arg‘imchoqdan yiqilib tushgan.
Yigit yiqilish chog‘ida jiddiy jarohat olganini ko‘rgan Abramovich unga yordam berish uchun ikki nafar ekipaj a’zosini jo‘natgan. Ular shifokorlar kelguncha yigitning bo‘yniga maxsus moslamani qo‘yib, yuziga kislorod niqobini tutib turgan.
Izoh (0)