AQSh prezidentlik lavozimiga nomzodlardan biri Hillari Klinton Ayova shtatida bo‘lib o‘tgan turnesida Amerika tashkilotlariga qilinayotgan xakerlik hujumlarining Rossiya, Xitoy, Eron va KXDR kabi davlatlar tomonidan moliyalashtirilishi AQShga va Amerika biznesiga jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidladi. Bu haqda “RBC” xabar beradi.
“Birgina Xitoy davlati emas, boshqa – Rossiya, KXDR va Eron kabi davlatlar hukumatining ham xakerlik hujumlarini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirganligini bilamiz”, — deydi Klinton. U AQSh hukumati davlat va tijorat ma’lumotlarini himoya qilish uchun yetarli chora ko‘rmaganligini ta’kidladi.“Biz terrorchilik tashkilotlarining yirik kiber hujumlar o‘tkazish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkinligidan xavotirdamiz”, — deb qo‘shimcha qildi Hillari Klinton.
Izoh (0)