AQSh bo‘ylab sayohat qilgan irlandiyalik sayyohlar rasmining orqa fonida kutilmaganda paydo bo‘lgan kulayotgan jirafa ularning selfisini “fotobomba”ga aylantirdi, deb xabar beradi The Daily Mail.
Sayyohlarning so‘zlab berishicha, ular o‘zlarining rasmidagi hayvonni bir necha kundan so‘ng, sayohat rasmlarini tomosha qila turib payqab qolgan.
Geri King va uning do‘sti Liza Kennedi Shtatlar bo‘ylab sayohatini mamlakatning milliy bog‘lari bilan tanishishga bag‘ishlashga qaror qildi. “Kulayotgan” jirafa va uning turdoshlarini ular Floridadagi afrikalik fauna vakillari yashovchi Busch Gardens Tampa bog‘ida uchratdi.
“Biz bu suratni ko‘rib ko‘zlarimizga ishona olmadik. Atrofda ko‘plab hayvonlar bor edi, biroq biz jirafaning yaqinlashganini sezmay qolgan ekanmiz”, — deydi sayyohlar.
Izoh (0)