2015-yilning 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ShHT doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.
Izoh (0)