Samarqand shahrida yashovchi erkak Oqdaryo tumani hudududa Nexia avtomashinasida ketayotganida yo‘l yoqasida bir kishi qo‘l ko‘tardi. Haydovchi mashinani to‘xtatganida, o‘sha notanish kimsa hech bir sababsiz birdan unga tashlanib, ketma-ket musht tushirdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Haddidan oshgan bezori bunga ham qanoatlanmay, mashina kapoti va oynalariga tosh otib sindirib, keyin qochib qoldi. Jabrlanuvchining zudlik bilan bergan xabari asosida ish olib borgan ichki ishlar idoralari xodimlari ko‘p o‘tmay ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan bezorini ushlashga muvaffaq bo‘ldi. U samarqandlik shaxs bo‘lib chiqdi.
Gazeta bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)