2015-yilning 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ali Mardani Fard bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston—Eron kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan ko‘p tomonlama shakldagi hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Izoh (0)