Disney World kompaniyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan sayrgohlarga tashrif buyuruvchilarning selfi-tayoqlardan foydalanishini taqiqladi, deb xabar beradi Orlando Sentinel.
Ushbu chora Kaliforniya Disneylendida 30-iyundan, Parij va Gonkongda esa 1-iyuldan kuchga kiradi. “Afsuski selfi-tayoqlar tomosha bog‘lariga tashrif buyuruvchilarning, shuningdek bog‘ xodimlarining ham xavfsizlik nuqtai nazaridan xavotirlanishiga sabab bo‘lmoqda”, — deb tushuntirdi Disney World matbuot kotibi Kim Pranti.
Ta’kidlanishicha, tashrif buyuruvchilar sayrgohlarning kirish qismida tekshirilib, ularda selfi-tayoq borligi aniqlansa, ularni vaqtincha topshirish yoki mashina yoki bo‘lmasa, mehmonxonaga qaytarib olib borish taklif etiladi.
Izoh (0)