Iyun oyi o‘rtalarida Fallout o‘yinlar seriyasi ishqibozi uni ishlab chiqqan Bethesda kompaniyasiga shisha idish qopqoqlaridan besh kilogramm yuborib, ularni Fallout 4 seriyasidagi yangi o‘yin uchun to‘lov sifatida qabul qilishni (yoki hech bo‘lmasa, qopqoqlarni qaytarib yuborishni) so‘ragan edi, deb yozadi Meduza.
Muxlisning hikoyasi baxtli yakun topdi: u Bethesda matbuot kotibidan maktub oldi, unda kompaniya qopqoqlarni qabul qilgani va “kolleksioner”ga o‘yinlar nusxalarini oktabrda jo‘natishi aytiladi.
Shu bilan birga, Bethesda vakili “kolleksioner”ga u bunday noodatiy iltimosni qilgan birinchi kishi bo‘lgani uchun e’tibor qaratishganini ta’kidladi. Kompaniya o‘z ofisini qopqoqlar bilan to‘ldirishlarini istamaydi.
Izoh (0)