NASA mutaxassislari rentgenli teleskop yordamida olingan yulduzlararo kamalak tasvirini e’lon qildi, deb yozadi Uzbekistan Today. Ushbu halqalar astronomlarga Yerdan yulduz tizimigacha bo‘lgan masofani aniqlash imkonini berdi.
Olimlar rasmdagi har bir halqa turli bulutlardagi changlar aksi tufayli yuzaga kelgan, degan xulosaga keldi.
“Ko‘rshapalaklar o‘z holatini triangulyatsiya qilish (yer sathining tayanch nuqtalarini aniqlash) uchun sonarlardan foydalanganidek, biz Circinus X-1 qo‘sh yulduz tizimidan chiqayotgan rentgen nurlarini bu tizim qayerda joylashganini aniqlash uchun qo‘llashimiz mumkin”, — dedi tadqiqot rahbari Sebastyan Xayns.
Hisob-kitoblar natijasida Circinus X-1 Yerdan 30 700 yorug‘lik yili masofasida joylashgani aniqlandi.
Izoh (0)