Samsung “imperiyasi merosxo‘ri”, Samsung Electronics vitse-prezidenti va guruh prezidentining yagona o‘g‘li Li Chje Yon Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) koronavirusining tarqalish manbasi kompaniyaning Seuldagi tibbiy markazi bo‘lgani uchun uzr so‘radi, deb yozadi “Vedomosti”.
MERS’ni yuqtirib olish holatlarining ko‘pchiligi aynan shu kasalxona bilan bog‘liq. Li Chje Yon Samsung virusga qarshi kurashishda hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, kasalxona virus yuqtirish holatlarini diqqat bilan tekshiradi va ular takrorlanmasligi uchun choralar ko‘radi.
Nashr eslatishicha, Janubiy Koreyada MERS koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha birinchi hodisa 20-may kuni Samsung tibbiy markazi bemorida qayd etilgan edi.
Izoh (0)