Qozog‘iston jurnalistlari ittifoqi eng yaxshi ishlar bo‘yicha respublika ijodiy tanlovi natijalarini e’lon qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Jurnalistlik tadqiqoti yo‘nalishida Amerika maxsus xizmati sobiq xodimi Edvard Snouden g‘olib deb topildi.
Mukofot unga “maxsus xizmatlarning butun dunyo bo‘yicha axborot kommunikatsiyalarini kuzatganligi haqidagi maxfiy ma’lumotni fosh etgani uchun” berilishi e’lon qilindi.
Bu Snoudenning birinchi mukofoti emas. Avvalroq u Germaniyada prokuror va sudya Frits Bauer nomidagi mukofotga loyiq deb topilgan, shuningdek Ridenaur mukofotining “haqiqat uchun” yo‘nalishidagi sovrindori bo‘lgan edi.
Izoh (0)