Polshaning eng yirik aviakompaniyasi LOT’ning o‘ndan ortiq reyslari Frederik Shopen nomidagi Varshava aeroporti IT-tizimiga uyushtirilgan xakerlik hujumi tufayli bekor qilindi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kiberhujum natijasida bir qator tizimlar, jumladan parvozlarni rejalashtirish tizimi ishlamay qoldi. Oqibatda parvoz uchun zarur hujjatlar berish mumkin bo‘lmay qoldi.
Jami 11 ta reys, xususan Varshavadan Krakov, Gdansk, Myunxen, Stokgolm, Dyusseldorf va Kopengagenga parvozlar bekor qilindi. Natijada 1,4 ming yo‘lovchi zarar ko‘rdi. LOT’dagilar muammolar hal qilingach, barcha samolyotlar jo‘natilishini ma’lum qildi.
Izoh (0)