2015-yil 30-iyun kuni Toshkentdagi Davlat konservatoriyasi Katta zalida “Riga saksofonchilari kvarteti” instrumental guruhining konserti bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Latviyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati yozishicha, 1992-yildan tanila boshlagan ushbu guruh Latviyada akademik saksofon musiqasi davrini boshlab bergan.
Kvartet nafaqat konsert zallarida, balki maktab, cherkov va ochiq maydonlarda ham chiqishlar qiladi. Mahoratli ijrosi tufayli, “Riga saksofonchilari kvarteti” omma va musiqiy tanqidchilar e’tiboriga tushdi.
Izoh (0)