20-iyun, shanba kuni Moskvada kuchli jala quyishi natijasida bir nechta ko‘chalar qisman suv ostida qoldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, suv toshqiniga kanalizatsiyaning katta suv oqimini bajara olmay qolgani sabab bo‘lgan.
Bir nechta metro bekatlarida ham suv to‘planish holatlari kuzatilgan.
Biroq Moskvadagi kuchli yomg‘ir aeroportlar faoliyatiga ta’sir qilmagan.
Izoh (0)