Angliyada basseynga kimyoviy moddalar sizib chiqishi natijasida 30 dan ortiq kishi jabrlandi, deya xabar bermoqda The Independent.
Hodisa 21-iyun, yakshanba kuni Beltondagi Wild Duck istirohat bog‘ida sodir bo‘ldi.
Yopiq basseyndagi kishilarning nafasi qayta boshlagan, bunga kimyoviy reagent sizib chiqqani sabab bo‘lgan. Odamlar evakuatsiya qilingan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, basseyndagilar jiddiy zarar ko‘rmagan, ularning barchasi mustaqil ravishda harakatlana olgan. 33 kishi yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazilgan. Sakkiz nafarining ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Jabrlanganlar orasida uch yoshli bola, shuningdek muassasa xodimi ham bor.
Izoh (0)