Meksika shimoli-sharqidagi Nuevo-Leon shtatining poytaxti Monterrey shahrida pivo zavodi omboriga qilingan bosqinchilik oqibatida o‘n kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS” Milenio gazetasi ma’lumotiga tayanib.
Qurollangan jinoyatchilar zavod hududiga bostirib kirib, ishchilardan pul talab qildi, so‘ngra ularni o‘qqa tutdi. Yetti kishi voqea joyida, yana uch nafari keyinroq shifoxonada halok bo‘ldi. Bosqinchilar 10 ming pesoni (650 dollar atrofida) qo‘lga kiritdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bosqinchilik yuzasidan tergov harakatlariga kirishdi.
Izoh (0)