Koreya Respublikasida koronavirus avj olganidan buyon birinchi marta kun davomida virusdan kasallanish yoki o‘lim holati qayd etilmadi, deb xabar beradi “TASS” KR Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib.
Shu tariqa mamlakatda virusni yuqtirib olganlar soni hamon 166 kishidan iborat. Ulardan 36 nafari davolanib, to‘liq sog‘aydi, 106 kishi shifoxonada.
5930 kishi 14 kunlik inkubatsiya davri tugagunga qadar uy karantinida saqlanmoqda.
Izoh (0)