Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori, Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger “Terminator” filmidagi qahramonining haykali qiyofasiga kirib, Los-Anjelesdagi Sharaf xiyobonida joylashgan Madam Tyusso muzeyi tashrifchilarini lol qoldirdi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.

https://youtu.be/w81g199L8YA

Terminator qiyofasidagi aktyor muzeyda qotib turib, tashrifchilar suratga tushish uchun ularga yaqinlashganda “jonlandi” va ularni quchoqlamoqchi bo‘lganda yoki surat uchun minnatdorchilik bildirganda odamlar hayratga tushib, qo‘rqib qochgan.

Qayd etilishicha, ushbu aksiya Terminator haqidagi yangi filmning premyerasiga bag‘ishlangan. YouTube’ga joylashtirilgan video izohida barcha Arnold Shvarsenegger bilan birga “Terminator. Genezis” filmi premyerasiga tushishga taklif qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Filmdagi roli sabab kompyuter grafikasi yordamida “yoshartirilgan” aktyorlar (foto) 
Dunyo
Boeing va Airbus’ga raqib: Xitoyning C919 yo‘lovchi samolyoti ilk parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi
Mahalliy
Andijonda 20 yoshli yigit kanalga tushib ketgan qizni qutqaraman deb o‘zi cho‘kib ketdi