Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Favqulodda qo‘mitasi fikricha, Janubiy Koreyada tarqalgan Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) koronavirusi avvalroq Yaqin Sharqda aniqlangan shunga o‘xshash virusdan kuchli farq qilmaydi. Bu haqda tashkilot bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Qo‘mita genetik izchillik dalillariga asoslanib ta’kidlashicha, Janubiy Koreyadagi virus Yaqin Sharqda aniqlanganiga nisbatan ko‘p o‘zgarmagan.
Janubiy Koreyada shu paytgacha virusdan 20 kishi nobud bo‘ldi, 162 kishi uni yuqtirib oldi.
Izoh (0)