Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyning Sian shahrida 18-20-iyun kunlari BMT Xalqaro sayyohlik tashkiloti (YuNVTO)ning Ipak yo‘li turizmiga bag‘ishlangan yettinchi xalqaro majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: Gazeta.uz

Foto: Gazeta.uz

Forumda “Buyuk ipak yo‘li” brendi jozibadorligini oshirish, shuningdek, tadqiqotlar sohasidagi salohiyat va hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

“Buyuk ipak yo‘li” YuNVTO jahonning turli mintaqalarida amalga oshirayotgan besh xalqaro dasturidan biri hisoblanadi. Toshkentda 1994-yildan beri an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinadigan Xalqaro sayyohlik yarmarkasi mazkur loyihaning yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston 150dan ortiq mamlakatni birlashtirgan YuNVTOga 1993-yili a’zo bo‘lgan. 2004-yili Samarqandda YuNVTOning Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha mintaqaviy markazi ochilgan. 2014-yil oktyabrida Samarqandda YuNVTO Ijroiya kengashining 99-sessiyasi bo‘lib o‘tgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlari “keng miqyosli” qarshi hujum boshlaganini e’lon qildi (video)
Mahalliy
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi