Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy 2018-yilgi Rossiya prezidenti saylovida ishtirok etish niyatida. Bu haqda RBC.ru xabar bermoqda.

Vladimir Putin va Vladimir Jirinovskiy. Foto: Dmitriy Azarov / “Kommersat”

Vladimir Putin va Vladimir Jirinovskiy. Foto: Dmitriy Azarov / “Kommersat”

Shunday qilib, Jirinovskiy oltinchi marta Rossiya prezidenti saylovida nomzod sifatida ishtirok etadi. Jirinovskiy saylovning ikkinchi turiga o‘ta olishiga umid qilmoqda.

Shuningdek, Jirinovskiy 2018-yilgi prezident saylovida amaldagi prezident Vladimir Putinning ishtirok etishi mumkinligi ham istisno etmadi.

Avvalroq “Yabloko” partiyasi prezidentlikka nomzod sifatida o‘z yetakchisi Grigoriy Yavlinskiyni ilgari surishini ma’lum qilgandi.

Putinning o‘zi esa 2018-yilgi saylovlarda ishtirok etish-etmasligi mamlakatdagi umumiy natijalarga bog‘liqligini aytib, Rossiyaning keyingi prezidenti boshqa odam bo‘lishi mumkinligini ham ta’kidlagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 154 kishida koronavirus qayd etildi
Dunyo
“Telegram’da kriptovalyuta savdosi va ularni saqlash vositalari bo‘ladi” — Durov
Sport
JCH—2022 da nimchorak finalning to‘rtta juftligi aniqlandi