Fransiya musulmonlar kengashi raisi Dalil Bubaker bo‘sh turgan katolik cherkovlaridan masjid sifatida foydalanishni taklif qildi. Bu haqda EuroIntegration.com.ua xabar bermoqda.
Parijdagi masjid imomi hisoblangan Bubaker Klermon-Ferrandagi musulmonlarni ham qabul qiladigan cherkovni misol qilib keltirdi.
“Yagona Xudo, o‘xshash marosimlar va, o‘ylashimcha, musulmonlar va nasroniylar birgalikda yashay oladi”, - deya qayd etdi u.
Hozirgi vaqtda Fransiyada 2,5 ming masjid bo‘lib, ularning 300tasi rekonstruksiya qilinmoqda.
Izoh (0)