Ikar asteroidi 16-iyun, seshanba kuni Yer sayyorasiga rekord darajada yaqinlashadi. Lekin u sayyoraga xavf solmaydi, deb xabar qiladi NASA.
Ikarning Yerga yaqinlashishi butundunyo vaqti bilan 15:39 (Toshkent vaqti bilan 20:39)da ro‘y beradi. Asteroid sayyoradan 8 million kilometr uzoqlikdan uchib o‘tadi. Bu Oy va Yer o‘rtasidagi masofadan 21 marotaba ko‘pdir.
Ushbu asteroid Yerga har 9, 19 va 38 yilda yaqinlashadi. Ikar va Yerning keyingi rekord darajadagi yaqinlashuvi 2090-yilning 14-iyunida bo‘lishi kutilmoqda. O‘shanda o‘rtadagi masoga 6,5 million kilometrga teng bo‘ladi.
Ikar asteroidi apollonlar guruhiga mansubdir. U 1949-yilda nemis astronomi Valter Baade tomonidan ochilgan. Asteroidning diametri deyarli bir kilometrga teng.
Izoh (0)