Ko‘zlari o‘zga sayyoralikniki kabi katta-katta bo‘lgan Matilda laqabli mushuk Instagram’dagi sahifasi tufayli shuhrat qozondi, deya xabar bermoqda Meduza. Hozirda uning obunachilari soni 35 mingdan oshadi.
Ismlarini oshkor etishni istamayotgan mushuk egalari aytishicha, Matilda oddiy mushukcha bo‘lgan va ko‘rinishidan boshqalardan farq qilmagan. Biroq vaqt o‘tishi bilan u xastalangan va ko‘zlari o‘zgara boshlagan. Matildani veterinarga olib borishganida unga ko‘z gavharining chiqishi degan tashxis qo‘yishdi.
Matildaning ko‘zidagi muammo rivojlanib bormoqda, u glaukoma hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shifokorlar mushukni operatsiya qilishga to‘g‘ri kelishini aytmoqda.
Matildaning egalari GoFundMe’da uning operatsiyasi uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha kampaniya boshladi va uch kunda zarur bo‘lgan mablag‘ — 2,5 ming dollarni to‘pladi
Izoh (0)