Tbilisida kuchli jala oqibatida kelib chiqqan suv toshqini shaharga 40 million lari (18 million dollar) atrofida zarar yetkazdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru” Gruziya moliya vaziri Nodar Xadurining krizislarni boshqarish kengashi yig‘ilishida bergan ma’lumotlariga tayanib.
“Yetkazilgan zararning hisob-kitobi hali davom etmoqda, biroq dastlabki ma’lumotlarga qaraganda u 40 million lari atrofida. Biz bugun 10 million larilik ishga kirishdik. Moliya vazirligi ixtiyoridagi bir qancha inventarlar jabrlangan oilalarga tarqatib berish uchun bugunoq Tbilisi meriyasiga taqdim etiladi”, — dedi Xaduri.
Bosh vazir Irakliy Garibashvili ham yig‘ilish davomida moliya vazirligiga jabrlangan oilalarga 10 ming lari (4,5 ming dollar)dan tarqatish vazifasini yukladi.
Eslatib o‘tamiz, 14-iyunga o‘tar kechasi Gruziya poytaxti Tbilisida kuchli jala quyishi natijasida poytaxtning bir nechta tumanlari suv toshqini ostida qoldi.
Izoh (0)