Xitoylik qutqaruvchilar “Dunfanchjisin” (“Sharq yulduzi”) teploxodi halokati qurbonlarining so‘nggisiga tegishli jasadni topdi, deya xabar bermoqda “TASS” Xitoy Markaziy televideniyesiga tayanib.
Halokat qurbonlarining umumiy soni 442 kishiga yetdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Sharq yulduzi” bortida 454 kishi bo‘lgan, ulardan 12 nafari qutqarilgan.
Kema 2-iyun kuni Xitoy sharqidagi Yanszi daryosiga cho‘kib ketgandi. 5-iyun, juma kuni qutqaruvchilar cho‘kib ketgan kemani suv sathiga olib chiqdi.
Izoh (0)