Bishkek shahrida tashkil etilgan erkin kurash bo‘yicha 53-xalqaro turnirda Qirg‘iziston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston, Xitoy va Janubiy Koreya kabi davlatlardan 150 ga yaqin sportchilar ishtirok etdi, deb xabar beradi “Uz24.uz”.
Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Muhammadsiddiq Jo‘rayev 61 kg vazn toifasida mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston vakillaridan yana biri Abdurauf Bozorboyev esa 86 kg vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)