Gvineyada 1995-yildan buyon yovvoyi maymunlarni o‘rganayotgan tadqiqotchilarning bir guruhi ularning palma vinosini rohatlanib ichishini aniqladi, deb xabar beradi Live Science jurnali ma’lumotiga tayanib “Korrespondent.net”.
Antropologlar yovvoyi maymunlar orasida 51 ta mastlik holatini qayd etdi, shundan 31 tasi erkak jinsi vakillariga to‘g‘ri keldi. Buning uchun maymunlar vino bijg‘iydigan o‘simlik tomirlarini qidirib topib, suyuqlikni barglarga shimdirib olgach, uni og‘izlariga siqib solgan.
Bu kuzatishlar esa hayvonlarda spirtli ichimliklar ichishga moyillik bo‘lmasligi, ularni insonlar, aksariyat hollarda turistlar ichishga o‘rgatishi haqidagi nazariyani rad qiladi.
Tadqiqotchilarni maymunlarning spirtli ichimlik ichganidan so‘ng o‘zini turlicha tutishi qiziqtirib qo‘ydi, ularning ba’zilari darhol uyquga ketsa, ba’zilari aksincha faol harakat qildi.
Izoh (0)