Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus shahridagi do‘konlardan biriga uch nafar yigit kirganda, 24 yoshli sotuvchi qiz ulardan qanday yordami tegishi mumkinligini so‘raydi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Bunga javoban ular qizga tashlanib, uni do‘pposlab, kassadan 300 ming so‘m pulni olib qochib ketadi. Sotuvchi qiz zudlik bilan ichki ishlar organlariga bo‘lgan voqeani so‘zlab beradi.
Huquq muhofazachilari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida zo‘ravonlar qo‘lga olindi. Ular 1996-yilda tug‘ilgan uch nafar yigit bo‘lib chiqdi. Sotuvchi qiz xaridor ko‘rinishida kelib talonchilik qilganlar aynan shular ekanligini ma’lum qildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)