Qatar poytaxti Doha shahrida hozirdanoq zamonaviy me’morchilikning etaloni deb atalayotgan masjid ochildi, deb xabar bermoqda “Novate.ru”.
Sayyohlar va ziyoratchilar yangi binoni sahroga qo‘ngan kosmik kemaga o‘shatmoqda.
Noan’anaviy inshootning qurilishi 2013-yilda boshlangan bo‘lib, hozirda majmuaning osmonga intilib turgan ikki qismi masjid hududini hosil qilgan.
Masjidning asosiy me’moriy unsuri – arab yozuvlari bilan bezatilgan va islomning besh diniy ustunini ifodalovchi beshta ulkan ustun.
Masjid 1800 nafargacha kishini sig‘dira oladi. Erkaklar zali ustida ayollar uchun zal qurilgan. Shuningdek, masjidda o‘quv xonalari va kutubxona ham bor.
Masjid ichki qismining asosiy xususiyati nur va soya uyg‘unligiga bog‘liq. Yoritish tizimining o‘ziga xosligi shundaki, nur turli shakldagi tuynuklardan ichkariga tushadi va yulduzli osmon ko‘rinishini hosil qiladi.
Masjidning ikki minorasi uning davomi hisoblanadi va yuqoriga ko‘tarilib, Makka tomonga egilib turadi. 90 metr balandlikdagi minoralar namoz uchun ko‘rsatkich vazifasini ham o‘taydi.
Masjid devorlariga Qur’on oyatlari tushirilgan, mehrob esa oltindan ishlangan.
Izoh (0)