KXDR shimolidagi Yangando viloyatining Mubon tumanidagi 20 ming kilometr kvadratlik maydonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi xalqaro zona tashkil etildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Uzoq sarguzashtlarni xush ko‘ruvchilar uchun bu yerda kompleks infratuzilma, jumladan mehmonxona, restoran, sayyohlik buyumlari do‘koni quriladi. Xitoy bilan chegaradagi ushbu tumanda Koreyaning eng baland nuqtasi – Pektusan cho‘qqisi joylashgan.
Tog‘dagi o‘rmonlarda Kim Ir Sen tomonidan 1930-yillarda yaponlarga qarshi kurashish uchun asosiy baza sifatida qurilgan partizanlik lagerlari saqlanib qolgan. Sayyohlarga u yerdagi kazarma, qurolsozlik va tikuvchilik ustaxonalari, lazaret va bosmaxona ko‘rsatiladi.
Izoh (0)