AQSHning Konnektikut shtatidagi Stemford shahrida istiqomat qiluvchi oila jahldor mushuk sabab uch soat davomida uyiga kira olmadi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.
Tajovuzkor mushuk o‘z egasiga tashlanib, uning oyog‘ini tirnab olganidan so‘ng, ular yordam so‘rab politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar og‘irligi uch kilogramm bo‘lgan mushukni tinchlantirganidan so‘ng oila o‘z uyiga kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Shunga o‘xshash hodisa 2014-yili Floridada sodir bo‘lgandi. Kush laqabli moviy rus mushugi jazavaga tushganini ko‘rgan jonivorning egalari yotoqxonaga qamalib olib, politsiyadan yordam so‘ragandi. Politsiya xodimlari esa mushuk quturgan-quturmaganini aniqlash maqsadida uni olib ketgandi.