Juma kuni Boltiq dengizida NATOga a’zo 15 mamlakatning 40ga yaqin kemasi va samolyotlari ishtirokida Baltops-2015 xalqaro harbiy mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.
24-iyunga qadar harakatlanish va harbiy kemalarni qo‘riqlab borish ko‘nikmalari, havo hujumidan mudofaa va aksilterror mudofaasi harakatlari, minalarni izlab topish va yo‘q qilish ko‘niklari ustida ishlanadi, shuningdek, artilleriya qurollaridan otiladi.
Mashg‘ulotlar Polsha, Daniya va Germaniya hududiy suvlari va maxsus iqtisodiy zonasida o‘tkazilmoqda. Unda Estoniya, Daniya, Kanada, Latviya, Polsha, Litva, Gollandiya, Norvegiya, Fransiya, Finlandiya, Shvetsiya, Germaniya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSH harbiy xizmatchilari qatnashmoqda.
Mashg‘ulotlar AQSH harbiy-dengiz floti tomonidan tashkil etilgan. Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad – NATOga a’zo mamlakatlar qurolli kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishdan iborat.
Izoh (0)