2015-yilning 7-iyun kuni Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madani O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi sayti xabar bermoqda.
Uch kunlik tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklarida, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish o‘rin olgan.
Izoh (0)