Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi shaxs tungi soat uchlarda, Shahriobod ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan BMW avtomashinasini ko‘rib qoldi, deb xabar qiladi “Postda” gazetasi.
Uning ko‘nglida shum niyat tug‘ilib, mashinani olib qochmoqchi bo‘ldi. Lekin niyatiga yetolmadi. Mashinani endi olib qochishga chog‘lanayotganida hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Hozirda mashina o‘g‘irlashga uringan shaxsning qilmishiga tergov jarayonida oydinlik kiritilmoqda.
Izoh (0)