O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi o‘zining 28-maydagi qarori bilan I. M. Gubkin nomli Rossiya neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialiga 2015/2016-o‘quv yili uchun qabul kvotasini tasdiqladi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
OTMga quyidagi oltita ta’lim yo‘nalishida 150 kishini qabul qilish rejalashtirilgan:
“Geologik razvedka texnologiyasi” — 25;
“Neft va gaz quduqlarini kovlash” — 25;
“Neft qazib olish obyektlaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish” — 25;
“Gaz qazib olish, gaz kondensati va yerosti saqlash obyektlaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish” — 25;
“Korxona va tashkilotlar iqtisodiyoti” — 25;
“Truboprovod transporti obyektlarini jihozlash va ta’mirlash” — 25 kishi.
“Gaz qazib olish, gaz kondensati va yerosti saqlash obyektlaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish” yo‘nalishiga qabul qilinadigan 25 talabaning 10 nafari Lukoil Uzbekistan Operating Company mablag‘lari hisobidan o‘qitiladi. Korxona shuningdek “Truboprovod transporti obyektlarini jihozlash va ta’mirlash” yo‘nalishidagi 5 nafar talabaning o‘qishini ham moliyalashtiradi.
Izoh (0)