Namanganlik shaxs zarur yumush bilan Angrenga kelgandi. Ishlarini bitirib, endi qaytishga chog‘lanib turganida uch nafar yigit unga tahdid qilib, pul talab qila boshladi, deb xabar beradi “Postda” gazetasi.
Yigitlar uni urib, bo‘ynidagi tilla zanjirini olib qochdi. Ammo ular uzoqqa qocha olmadi. Ichki ishlar idoralari xodimlari yo‘lto‘sarlarning orqasidan tushib, angrenlik 3 yigitni qo‘lga oldi.
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)