Yaponiya janubidagi Kutinoerabu orolidagi vulqon otilishi to‘xtadi. “TASS”ning xabar berishicha, vulqonning yana faollashishi ehtimoli saqlanib turibdi.
Yaponiya meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, kun boshida vulqon bir necha bor kul otgan, shundan so‘ng tinchib qolgan. Hozirgi vaqtda ma’muriyat vulqon otilishi natijasida orolga yetkazilgan zararni hisoblab chiqmoqda.
29-may kuni Kutinoerabu orolida vulqon otilib, undan chiqqan kul va tutun ustuni balandligi 9 kilometrga yetgan. Orolning 137 aholisi muvaffaqiyatli tarzda qo‘shni Yakusima oroliga ko‘chirilgan.
Mazkur vulqon so‘nggi bor 1993-yili harakatga kelgan, o‘shanda u bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgandi.
Izoh (0)