Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Jamil Battakov mamlakatda chekuvchilar soni kamayganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida Qozog‘iston Respublikasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish kamaygani aniqlandi. Avvalgi tekshiruvlar bilan solishtirganda chekuvchilar 26,5 foizdan 22,4 foizga kamaygan.
2013-yildan boshlab Qozog‘istonda qo‘rqinchli suratlar sigareta qutilarida paydo bo‘lgandi. Battakov so‘zlariga ko‘ra, oxirgi o‘tkazilgan so‘rovnoma qatnashchilarining 58 foizi tamakidan voz kechmoqchi ekanligini bildirgan.
Izoh (0)