“O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotlari joriy yilning 2-iyulidan boshlab Toshkent−Minsk yo‘nalishida haftasiga ikki marta – seshanba va payshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Qayd etilishicha, Belorussiyaga parvozlar yangi Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Toshkent−Minsk yo‘nalishidagi muntazam reyslar bahor−yoz mavsumining yangiligi bo‘lib, aviakompaniya ushbu yo‘nalish muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid bildirgan.
Izoh (0)