O‘tgan yili eng qimmat brend nomini Google’ga boy berib qo‘ygan AQShning boshqa bir kompaniyasi — Apple yana ushu nomni qaytarib oldi, deb xabar bermoqda “Asia-Plus” axborot agentligi.
Millward Brown agentligi tomonidan o‘tkazilgan Most Valuable Global Brand 2015 nomli tadqiqotda Apple brendi 246,992 milliard dollarga, Google esa 173,652 milliard dollarga baholangan.
Uchinchi o‘rinda Microsoft (115,5 milliard dollar) ko‘rsatilgan bo‘lsa, IBM (93,987 milliard dollar) to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Visa, AT&T, Verizon, Coca-Cola, McDonald’s va Marlboro o‘rin olgan.
Izoh (0)