Taylanddagi Maetaeng Elephant Camp bog‘ida Suda laqabli besh yoshli fil yashaydi, u ko‘pgina odamlarga qaraganda yaxshiroq surat chiza oladi, deya xabar bermoqda “7days.ru”.
Unga va bog‘dagi boshqa fillarga professional rassomlar dars bergan, ular jonivorlarga chiziq chizish va tasvir hosil qilishni o‘rgatgan.
Suda qog‘ozga dastlab mavhum shakllar tushirgan bo‘lsa, keyinchalik ancha murakkab tasvirlarni, jumladan o‘z avtoportretini chizishni o‘rgandi.
Izoh (0)